1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent viloyatida Toyota Prado uchta avtomobil bilan to‘qnashdi

Oqibatda bir haydovchi voqea joyida vafot etgan.

Toshkent viloyatida Toyota Prado uchta avtomobil bilan to‘qnashdi

 

Viloyat YHXB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, voqea 24-may kuni soat taxminan 08:00 larda Toshkent viloyati Toshkent tumani hududidan o‘tgan 4R4 Toshkent shahri—Keles—Qozoqkentsoy qo‘rg‘oni avtomobil yo‘lining 1-kilometrida yuz bergan.

 

Haydovchi R.R. (1993-yilda tug‘ilgan) Toyota Prado rusumli avtomobilni Keles—Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib kelayotganida boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va Cobalt, Damas, Spark bilan to‘qnashgan.

 

Oqibatda Toyota Prado haydovchisi voqea joyida vafot etgan. Qolgan haydovchilar tuman markaziy shifoxonasiga olib borilib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика