1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda 13 yoshli qizga shilqimlik qilgan konduktor qamaldi

Unga 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Toshkentda 13 yoshli qizga shilqimlik qilgan konduktor qamaldi

Toshkent shahrida maktabdan qaytayotgan voyaga yetmagan o‘quvchi qizga har xil savollar berib, uning yuzidan silab, boshidan o‘pmoqchi bo‘lib shahvoniy shilqimlik sodir etgan 43 yoshli erkak qamaldi.

 

Holat yuzasidan o‘tkazilgan sud majlisi qaroriga ko‘ra, sudlanuvchi MJTKning 41-1 moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilib, unga nisbatan 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

 

Jazo o‘talganidan so‘ng erkakdan maʼmuriy qamoqning xar bir sutkasi uchun BHMning 15%i miqdorida 56 ming 250 so‘mdan jami 281 ming 250 so‘m undirish belgilandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика