1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda 3 ta ko‘cha yopilmoqda

Ertaga shaharda xalqaro festival o‘tkaziladi.

Toshkentda 3 ta ko‘cha yopilmoqda

 

Ertaga, 14-sentabr kuni “Ipak yo‘li durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivali o‘tkazilishi munosabati bilan bir necha ko‘chalarda harakat cheklanadi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

Quyidagilar:
—Chilonzor ko‘chasi – Novza va Katta Chilonzor ko‘chalari oralig‘ida soat 10:00 dan 17:00 gacha qisman;
—Alisher Navoiy shohko‘chasi – Labzak va Abay ko‘chalari oralig‘ida soat 17:00 dan 20:00 gacha qisman;
—Paxtakor  ko‘chasi – Navoiy shohko‘chasi va “Paxtakor” stadioni oralig‘ida soat 14:00 dan 23:00 gacha to‘liq yopiladi.

 

“Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilib, noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика