9-avgust kuni taxminan soat 08:00 da Toshkent shahri Bektemir tumanida joylashgan savdo majmuasining avtoturargohida fuqarolik huquqbuzarligi sodir etildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1991-yilda tug‘ilgan B.K. mast holatda bo‘lgani sababli majmua hududiga kiritilmagan. Shundan so‘ng u avtoturargoh devoridan sakrab tushib, tanishiga tegishli “VAZ-2108” rusumli avtomobilning tom qismiga zarar yetkazgan va uni hudud ichida haydagan.
Tezkor choralar natijasida fuqaro B.K. ichki ishlar xodimlari tomonidan ushlangan. Holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 200-moddasi (“O‘z boshimchalik”), 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) hamda 194-moddasi (“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
To‘plangan hujjatlar qonuniy choralar ko‘rish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tumani sudiga yuborildi.


