Toshkent shahar issiq suv taʼminotida 15-apreldan boshlab 4 kunlik uzilishlar kuzatiladi.
Ushbu davr mobaynida Toshkent shahridagi issiq suv taʼminoti tizimini taʼmirlash va texnik xizmat ko‘rsatish ishlari amalga oshiriladi.
“Veolia Energy Tashkent kompaniyasi xodimlari kelgusi issiqlik mavsumiga yana-da samarali va ishonchli tayyorgarlik ko‘rish maqsadida eskirgan kommunikatsiyalarni almashtirib, issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya qiladi”, — deyiladi xabarda.


