1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda noqonuniy diniy ta’lim faoliyati fosh etildi

Litsenziyasiz faoliyat yuritgan shaxs va bolalarni darslarga yuborgan ota-onalarga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rildi.

Toshkentda noqonuniy diniy ta’lim faoliyati fosh etildi

Poytaxtning Yunusobod tumanida huquq-tartibot idoralari tomonidan litsenziyasiz diniy o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilgani aniqlanib, faoliyatiga chek qo‘yildi.

Bu haqda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

 

Tekshiruv davomida 5 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan 8 nafar bola ijaraga olingan xonadonda ta’lim olayotgani ma’lum bo‘ldi. Mashg‘ulotlarni Andijon viloyatida tug‘ilgan, 32 yoshli ayol tashkil qilgan. U diniy ta’lim berish uchun belgilangan tartibda ruxsatga ega emasligi, shuningdek, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etmaganligi aniqlandi.

 

Ish materiallari sudga yuborildi. Tashkilotchi ayol Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 241-moddasi (“Diniy ta’limotlarni o‘qitish tartibini buzish”) bo‘yicha javobgarlikka tortildi. Farzandlarini mazkur mashg‘ulotlarga yuborgan ota-onalar esa 47-modda (“Bolalarni tarbiyalash va o‘qitish bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaslik”) doirasida javobgarlikka tortildi.

 

Huquq-tartibot organlari farzandlarning xavfsizligi, sog‘lom tarbiyasi va ta’limi uchun eng avvalo ota-onalar mas’ul ekanini ta’kidladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика