1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Uzbekistan Airways yo‘lovchilar shaxsiy ma’lumotlari tarqalib ketganini rad etdi

Aviakompaniya ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar sun’iy tarzda yaratilgan yoki tahrirlangan bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.

Uzbekistan Airways yo‘lovchilar shaxsiy ma’lumotlari tarqalib ketganini rad etdi

Uzbekistan Airways ayrim ommaviy axborot vositalari va onlayn-resurslarda tarqalgan “ma’lumotlar bazasidan ma’lumot sizib ketgani” haqidagi xabarlarni rad etdi. Kompaniya rasmiy bayonotida aytilishicha, hozirga qadar axborot tizimlariga ruxsatsiz kirish yoki yo‘lovchilar hamda xodimlarning shaxsiy ma’lumotlari oshkor bo‘lishi bilan bog‘liq birorta ham tasdiqlangan holat aniqlanmagan.

 

Bayonotda qayd etilishicha, ayrim manbalarda keltirilgan misollar ishonchsiz bo‘lib, kompaniya tizimlariga aloqador emas. Dastlabki tekshiruvlarga ko‘ra, mazkur ma’lumotlar sun’iy tarzda yaratilgan yoki tahrirlangan bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, barcha infratuzilma odatdagi tartibda ishlashda davom etmoqda.

 

Kompaniya xabariga ko‘ra, axborot tahdidlariga javob berish bo‘yicha amaldagi tartib-qoidalar asosida xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan. Tekshiruv yakunlari xavfsizlik choralarini yanada kuchaytirishga qaratiladi.

 

Uzbekistan Airways ommaviy axborot vositalari vakillari va internet foydalanuvchilarini tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqatishdan tiyilishka chaqirdi. Kompaniya bunday xabarlar jamoatchilikni chalg‘itishi va uning ishbilarmonlik obro‘siga putur yetkazishi mumkinligini ta’kidladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика