1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Sud tizimida kadrlar tayyorlash bo‘yicha Odil sudlov akademiyasi tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev sud tizimini isloh qilish va odil sudlovni ta’minlash masalalari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Sud tizimida kadrlar tayyorlash bo‘yicha Odil sudlov akademiyasi tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev odil sudlovni ta’minlash masalalari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

 

So‘nggi yillarda mamlakatimizda sud tizimi izchil isloh qilinib, jazolovchi organdan inson huquqlarini himoya qiluvchi tizimga aylantirildi. Shu jumladan, ma’muriy sudlar tashkil etildi, oilaviy masalalar bo‘yicha maxsus sudyalik korpusi tuzildi, maishiy zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan choralar ko‘rildi, investitsion nizolar uchun alohida sudlov tarkibi joriy qilindi. Ushbu o‘zgarishlar fuqarolar tomonidan amalda sezilib, xalqaro ekspertlar tomonidan ijobiy baholanmoqda.

 

Taqdimotda sudlarning ochiqligi va xalqchiligi, raqamlashtirish asosida fuqarolarga qulayliklar yaratish, yuqori malakali sud kadrlarini tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

 

Xususan, ilg‘or xorijiy tajribaga asoslangan “Raqamli sud” konsepsiyasi ishlab chiqilib, uni amaliyotga tatbiq etish choralari belgilandi. Bu tizim korrupsiyani kamaytirishga, tadbirkor va fuqarolarga ovora bo‘lmasdan adolatli sudlovga erishish imkonini kengaytirishga xizmat qiladi.

 

Shuningdek, fuqarolik va iqtisodiy sudlarda ko‘rilayotgan nizosiz da’volarni ma’muriy organlar vakolatiga o‘tkazish, ma’muriy va iqtisodiy sud ishlarini eksteritorial tartibda ko‘rib chiqish taklif etildi.

 

Sudya lavozimining barqarorligini ta’minlash maqsadida tayinlash muddatlarini qayta ko‘rib chiqish, shuningdek, barcha yo‘nalishlardagi sudlarda hududiy taftish sudlarini tashkil etish ham nazarda tutilmoqda. Unga ko‘ra, viloyat sudlarida faqat apellyatsiya va kassatsiya instansiyalari qolib, taftish instansiyalari beshta mintaqaviy sudda jamlanadi.

 

Sud tizimi uchun kadrlar tayyorlash masalasi ham muhokama etilib, Sudyalar oliy maktabini isloh qilib, uning negizida Odil sudlov akademiyasini tashkil etish taklifi bildirildi.

 

Davlat rahbari ilgari surilgan takliflarni ma’qullab, tegishli farmonlarni imzoladi va vazifalarning tizimli hamda sifatli ijrosini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика