Bugun, 5 avgust kuni Toshkent shahrining Mirobod tumanid Spark yonib ketdi. Bu haqida shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 12:52 da Mirobod tumani Nukus ko‘chasida avtomobil yonayotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 12:59 da yetib borib, yong‘in soat 13:06 da o‘chirilgan.
“Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda.


