1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Adolat” MHAM va “Sevimli TV” o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Hujjat huquqiy axborotni tarqatishda samarali hamkorlikka qaratilgan.

“Adolat” MHAM va “Sevimli TV” o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi va “Sevimli” telekanali o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

 

Taʼkidlanishicha, mazkur memorandum huquqiy axborotni tarqatish hamda undan foydalanish sohasida samarali hamkorlikka qaratilgan.

 

Mazkur memorandum doirasida “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi tomonidan tayyorlangan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan ko‘rsatuvlar, huquqiy sharhlar va media mahsulotlarini “SEVIMLI TV” orqali keng jamoatchilikka yetkazish sohasida o‘zaro hamkorlik qilish ustuvor vazifa sanaladi. Ayniqsa, bu borada tajribali mutaxassislar bilimiga tayanish ijobiy samara beradi.

 

Albatta, huquqiy axborotga oid maʼlumotlarni almashish, hamkorlikda sodda, ravon va xalqchil huquqiy ko‘rsatuvlarni tayyorlash hamda tarqatish aholining huquqiy bilimlari va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, shu orqali jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlashga xizmat qiladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика