Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar o‘zaro janjallashganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Holat yuzasidan shahar IIBB rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, 16 dekabr kuni soat 09:45 larda Bektemir tumanidagi bozorlardan birida sotuvchilar — 1982 yilda tug‘ilgan N.T., 1984 yilda tug‘ilgan N.M. va 1973 yilda tug‘ilgan A.A.lar o‘zaro janjallashgan. Ushbu huquqbuzarlikni to‘xtatish maqsadida bozor hududida xizmat olib boruvchi profilaktika inspektori I.Gulyamov hodisa joyiga yetib borgan. Biroq fuqaro N.T. IIO xodimining qonuniy talablarini bajarmasdan, bezorilik xatti-harakatini davom ettirgan. Janjal natijasida hech kim tan jarohati olmagan.
Mazkur holat yuzasidan fuqarolar A.A. va N.M.lar O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (“Mayda bezorilik”), fuqaro N.T. 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) va 194-moddasi (“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) bilan maʼmuriy javobgarlikka tortilib, sud tomonidan jarima jazosi tayinlangan.


