1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qashqadaryoda yirik yong‘in yuz berdi

Yong‘in salkam bir soat ichida o‘chirilgan.

Qashqadaryoda yirik yong‘in yuz berdi

Bugun, 29-sentyabr kuni Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida yirik yong‘in yuz berdi. Holat yuzasidan viloyat FVB rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, soat 09:43 da Dehqonobod tumani “O‘zbekiston” MFY “Yetimquduq” qishlog‘ida yer ustiga o‘rnatilgan dizel yoqilg‘i saqlash sig‘imida yong‘in ro‘y berganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

 

Shunga ko‘ra, 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 09:58 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 10:05 da o‘rab olingan va soat 10:30 da o‘chirilgan.  

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Voqea joyiga viloyat FVB boshlig‘i va tuman FVB rahbar xodimlari IIB, SSB, prokuratura masʼul xodimlari chiqishgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика