1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Turkiyada qo‘lga olingan uch nafar O‘zbekiston fuqarosi ekstraditsiya qilindi

Firibgarlik, soliq va bojxona qonunchiligini buzishda ayblangan shaxslar O‘zbekiston tergov organlariga topshirildi.

Turkiyada qo‘lga olingan uch nafar O‘zbekiston fuqarosi ekstraditsiya qilindi

Turkiya hududida qo‘lga olingan uch nafar O‘zbekiston fuqarosi mamlakatga ekstraditsiya qilindi.

 

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulligi ma’lumotiga ko‘ra, ikki davlat ichki ishlar vazirliklarining hamkorligida o‘tkazilgan tergov va tezkor tadbirlar natijasida qidiruvda bo‘lgan shaxslar hibsga olingan.

 

Qayd etilishicha, firibgarlikda gumonlangan ayol shaxs qo‘lga olinib, belgilangan tartibda O‘zbekistonga deportatsiya qilingan. Shuningdek, soliq va yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik hamda bojxona qoidalarini buzganlikda ayblangan yana ikki fuqaro ham hibsga olinib, O‘zbekiston tergov organlariga topshirilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval ham Turkiya hukumati odam savdosida gumon qilingan ikki nafar ayolni qo‘lga olib, O‘zbekistonga deportatsiya qilgan edi. Mazkur chora ikki davlat huquqni muhofaza qiluvchi organlari o‘rtasidagi hamkorlik doirasida amalga oshirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика