1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda tok urib vafot etgan qizning onasi erini pichoqlab o‘ldirdi

Hozirda ayol ushlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkentda tok urib vafot etgan qizning onasi erini pichoqlab o‘ldirdi

27 sentyabr kuni Toshkent shahrining Mirobod tumanida ayol erini pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi. Zamon.uz bu bo‘yicha shu kunning o‘zida reportaj tayyorlab, ayol joriy yilning may oyida tok urib vafot etan 11 yoshli qizaloqning onasi ekanini aniqlagandi. 

 

Bosh prokuratura holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.

 

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Jinoyat-prosessual kodeksining 221-moddasi (ushlab turish asoslari) tartibida ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, may oyida Mirobod tumanining Amir Temur ko‘chasidagi savdo do‘konlaridan birining tom qismiga 2014 yilda tug‘ilgan N.A. ukasining o‘yinchog‘ini olib tushish uchun narvon yordamida chiqqan. Qaytib tushayotgan vaqtida tom qismiga yaqin joydan o‘tuvchi elektr tokini ushlab olgan va tok urishi oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика