1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentdagi maktabda “Vaqt kapsulasi” qo‘yildi

Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri boshchiligida 10 yillik rejalar qayd etilgan.

Toshkentdagi maktabda “Vaqt kapsulasi” qo‘yildi

Bugun O‘zbekiston bo‘ylab barcha taʼlim muassasalarida Ustoz va murabbiylar kuni keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzozxon Karimova Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi 299-maktabda bo‘ldi.

 

Bugungi bayram tadbirida uch nafar pedagog “Xalq taʼlimi aʼlochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Mazkur mukofot nafaqat ustozlarning mashaqqatli mehnatini qadrlash, balki ularning kelgusidagi faoliyatiga rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi. Shu boisdan ham endilikda bu pedagoglar 2 ming AQSH dollarigacha maosh olish huquqiga ega bo‘ladilar.

 

Shuningdek, uch oy ichida nafaqaga chiqayotgan rus tili o‘qituvchisi Dilfuza Sharipova ham “Xalq taʼlimi aʼlochisi” unvoniga sazovor bo‘ldi. Bu eʼtirof uning taʼlim yo‘lidagi ko‘p yillik mehnatini munosib taqdirlash sifatida alohida ahamiyat kasb etdi.

 

“Vaqt kapsulasi” loyihasi taqdim etildi

 

Tadbirda yana bir qiziqarli loyiha — “Vaqt kapsulasi” namoyish etildi. Vazir, ustozlar va maktab o‘quvchilari kelajakdagi tilaklarini yozib qoldirishdi. Mazkur kapsula 10 yildan so‘ng ochilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu yoshlar uchun o‘z orzu va niyatlarini eslash, amalga oshganini ko‘rish imkoniyatini beradi.

 

Vazir tashrifidan taassurotlar

 

Tashrif davomida Eʼzozxon Karimova maktabdagi sinfxonalar, maʼnaviyat xonasi, shaxmat xonasi hamda oshxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, o‘qishda va turli sohalarda yutuqlarga erishgan iqtidorli yoshlar bilan uchrashib, ularning muvaffaqiyatlarini yuqori baholadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика