1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tramp: “Jannatga kirish uchun 15 dollar kerak”

AQSh prezidenti tarafdorlariga murojaat qilib, "Amerikani yana buyuk qilish" maqsadida 24 soatlik xayriya aksiyasini e’lon qildi.

Tramp: “Jannatga kirish uchun 15 dollar kerak”

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z tarafdorlariga yuborgan murojaatida o‘zini “ilohiy missiyaga ega shaxs” sifatida ta’riflab, ularni 15 dollar miqdorida xayriya qilishga chaqirdi.

 

Metro gazetasi e’lon qilgan maktub matnida Tramp “men jannatga kirishga harakat qilmoqdaman”, deya ta’kidlagan. U o‘tgan yili yuz bergan suiqasd voqeasini eslab, “o‘q uning terisini teshgani”ni qayd etgan va o‘sha paytda Xudo uni “Amerikani yana buyuk qilish” uchun asrab qolganiga ishonishini bildirdi.

 

Tramp murojaatida tarafdorlarining barcha sinovlarda – saylovlarda, sud jarayonlarida va suiqasd paytida uning yonida bo‘lganini alohida ta’kidladi. Shu bois u “hech qachon ortga chekinmaslik va mamlakatni qutqarish kurashidan voz kechmaslik” zarurligini ta’kidlab, 24 soatlik mablag‘ yig‘imida ishtirok etishga chaqirdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика