1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qozog‘istonda 29 yoshli o‘zbekistonlik yigit jarkikka qulab halok bo‘ldi

Favqulodda vaziyatlar xizmatining ma’lum qilishicha, uning sherigi qutqaruvchilar tomonidan qutarilgan.

Qozog‘istonda 29 yoshli o‘zbekistonlik yigit jarkikka qulab halok bo‘ldi

Qozog‘istonning Turkiston viloyati tog‘li hududida o‘zbekistonlik yosh erkak fojiali halokatga uchradi.

 

Favqulodda vaziyatlar xizmatining ma’lum qilishicha, 31-avgust kuni Chimkent shahridan tog‘larga sayohatga chiqqan ikki yigitdan birining daraga qulashi oqibatida u og‘ir jarohatlar olib, voqea joyida vafot etgan. Ikkinchi ishtirokchi esa qutqarib qolingan.

 

Bedarak yo‘qolish to‘g‘risidagi xabar 1-sentabr kuni kelib tushganidan so‘ng darhol qidiruv-qutqaruv ishlari boshlanib, Sayramsu cho‘qqisi atrofida – dengiz sathidan 2200 metr balandlikdagi murakkab relefli hududda maxsus operatsiya olib borilgan.

 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari sayyohlardan biri bilan aloqa o‘rnatgan va undan o‘zbekistonlik sherigining halok bo‘lgani haqida ma’lumot olingan. Vertolyot baland tog‘li joyga yaqinlasha olmagani bois, 18 nafar qutqaruvchi piyoda yurib, professional alpinistlar yordamida evakuatsiya ishlarini amalga oshirgan.

 

Natijada omon qolgan fuqaro xavfsiz hududga tushirilgan, marhumning jasadi esa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика