1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Kim Chen In Putin bilan uchrashuvdan keyin barcha izlarini yo‘q qildirdi

Uchrashuvdan keyin stakanidan tortib kreslosigacha yig‘ib ketildi.

Kim Chen In Putin bilan uchrashuvdan keyin barcha izlarini yo‘q qildirdi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning xavfsizlik xizmatlari Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Pekinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng maxsus choralarni amalga oshirdi. Reuters xabariga ko‘ra, KXDR rahbari ikki soat davom etgan muzokaralarda qo‘l tekkizgan barcha buyumlar, jumladan stakan, mebel qismlari va boshqa narsalar uning qo‘riqchilari tomonidan ehtiyotkorlik bilan yig‘ishtirib olindi va tozalandi.

 

Tahlilchilarning fikricha, bunday qat’iy choralar xorijiy razvedka xizmatlaridan himoyalanish, shuningdek, Kim Chen Inning sog‘lig‘i haqida ma’lumotlar oshkor bo‘lishining oldini olishga qaratilgan. Xuddi shunday amaliyot KXDRning avvalgi rahbari Kim Chen Ir davrida ham qo‘llanilib kelgan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Shimoliy Koreya delegatsiyasi xorijiy safarlarda maxsus ko‘chma hojatxona, chiqindilar uchun yopiq idishlar va boshqa xavfsizlik vositalaridan foydalanadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu chora-tadbirlar Kimning soch tolasi, terisi yoki chiqindilari asosida uning salomatligi to‘g‘risida ma’lumot olinmasligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика