Braziliyaning San-Migel shahrida bo‘lib o‘tgan mini-futbol uchrashuvida fojiali hodisa yuz berdi. Mahalliy OAVning xabar berishicha, 34 yoshli darvozabon penalti zarbasini qaytarish vaqtida to‘p uning ko‘kragiga tegib, hushini yo‘qotgan.
U muvaffaqiyatli seyvni nishonlashga ulgurmay, maydonga yiqilgan. Tezkor tibbiy yordam ko‘rsatilgan holda sportchi shifoxonaga olib borilgan. Shifokorlarning bir soatdan ortiq davom etgan reanimatsiya choralari natija bermadi va futbolchi vafot etdi.
Voqea yuz bergan Augusto munitsipaliteti ma’muriyati hodisa munosabati bilan motam e’lon qildi.


