1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tramp prezidentligining dastlabki 10 kunligi

U lavozimiga kirishgach, bir qator o‘zgarishlarga qo‘l urdi.

Tramp prezidentligining dastlabki 10 kunligi

2024 yil 20 yanvarda Donald Tramp ikkinchi marta AQSH prezidenti lavozimini egallab, 47-davlat rahbari bo‘ldi. Amerikaning yangi rahbari o‘zining birinchi ish kunidan 100 ga yaqin farmoyishlarni imzolashga vaʼda berdi,. ularning aksariyati esa AQSHning sobiq prezidenti Jo Bayden tomonidan imzolangan ko‘p qarorlarni bekor qiladi.

 

Tramp imzolagan birinchi farmonlar nimalardan iborat bo‘ldi?

 

Tramp o‘zining birinchi buyrug‘i bilan Senatga o‘z kabineti aʼzolari – bosh prokuror, davlat kotibi, mudofaa kotibi, sog‘liqni saqlash va inson xizmatlari kotibi lavozimlariga nomzodlar ro‘yxatini tasdiqlash uchun taqdim etdi.

 

Shuningdek, Amerika yetakchisi, Davlat departamentiga AQSH tashqi siyosatini milliy manfaatlarga qaratish va “Birinchi navbatda Amerika” tamoyiliga amal qilishni buyurdi va Baydenning 78 ta farmonini bekor qildi.

 

Tramp Ukrainadagi mojaroni qanday hal qiladi?

 

AQSHning yangi prezidenti Tramp lavozimining birinchi kunida  Ukrainada tinchlik muzokaralari boshlanishi bilan rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan uchrashishni rejalashtirayotganini aytdi. Amerika yetakchisi bu uchrashuv qayerda va qachon bo‘lib o‘tishiga aniqlik kiritmadi, biroq “jarayon allaqachon boshlangan” va bu “tez orada” sodir bo‘lishi mumkinligini taʼkidladi.

 

Tramp Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy urushni davom ettirish istagi tufayli mojaroni hal qilish bo‘yicha kelishuvga putur yetkazganiga qaramay, Moskva bilan sulh tuzishga tayyorligini aytdi.

 

“Biz buni imkon qadar tezroq qilishga harakat qilamiz. Bilasizmi, agar men prezident bo‘lganimda Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi urush hech qachon boshlanmasligi kerak edi, hech qachon boshlanmasdi”, deya taʼkidladi AQSH prezidenti.

 

U, shuningdek, lavozimga kirishganidan bir necha kun o‘tib Davosda bo‘lib o‘tadigan Jahon iqtisodiy forumi (VEF) doirasida Putin bilan tez orada uchrashishga umid bildirdi. Shu bilan birga, u neft narxi tushib qolsa, Ukrainadagi janglar “zudlik bilan tugashini” aytdi. 

 

Tramp o‘zining Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Keyt Kellogga Ukrainadagi mojaroni 100 kun ichida hal qilishni buyurgan. Nashrning aniqlik kiritishicha, Putin bilan kelishuv tuzish Tramp saylovoldi tashviqoti vaqtida taqdim etganidan ancha murakkabroq vazifa bo‘ladi, shuning uchun unga 24 soatdan ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi. Biroq AQSH prezidenti Rossiya Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha kelishuvdan bosh tortsa, katta muammolarga duch kelishini taʼkidladi.

 

Tramp Ukrainaga yordam berishni to‘xtatdi va NATOni Kiyevni qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘proq mablag‘ sarflashga chaqirdi.

 

Oq uyning yangi rahbari yordam ko‘rsatish yangi maʼmuriyatning siyosiy maqsadlariga mos keladimi yoki yo‘qligini aniqlash uchun boshqa davlatlarga, jumladan, Ukrainaga ham barcha yordam dasturlarini 90 kunga to‘xtatib turish haqidagi buyruqni imzoladi. Keyinchalik u Amerika maʼmuriyati Kiyevga keyingi qurol yetkazib berish masalasini o‘rganayotganini taʼkidladi.

 

Bundan tashqari, Tramp Vashingtonning Shimoliy Atlantika alyansidagi ittifoqchilari bilan solishtirganda Ukrainaga yordam uchun nomutanosib sarflaganidan noroziligini bildirdi. AQSH prezidentining aytishicha, alyans mudofaa xarajatlarini YAIMning besh foizigacha oshirishi va nomutanosiblikni bartaraf etish uchun moliyaviy yukning katta qismini o‘z zimmasiga olishi kerak.

 

“Bu kulgili, chunki bu ularga ko‘proq taʼsir qiladi. Oramizda okean bor va biz Ukraina uchun NATOga qaraganda 200 milliard dollar ko‘proq sarfladik”, dedi Donald Tramp.

 

Tramp immigratsiya siyosatini qattiqlashtiradigan bir necha farmonlarni imzoladi.

 

Amerika rahbari immigratsiya siyosatining keskinlashuviga olib keladigan bir qator farmonlarni imzoladi, xususan, AQSHning janubiy chegarasida favqulodda holat eʼlon qildi. Taʼkidlanishicha, ushbu farmonlar Pentagonga chegara devori qurilishini yakunlash imkonini beradi.

 

AQSH prezidenti “qonuniy immigratsiyadan qulay” ekanini aytdi, biroq u Baydenning Lotin Amerikasida yaratgan immigratsiya idoralarini yopishga qaror qildi, bu esa migrantlarning mamlakatga qonuniy kirishini osonlashtirdi.

 

Shuningdek, Amerika fuqaroligini tug‘ma huquqqa ega bo‘lish imkoniyatini ham cheklagan. Federal agentliklarga endi AQSHda tug‘ilganlarga taqdim etiladigan hujjatlarni berish taqiqlanadi. Bu noqonuniy muhojirlarning farzandlariga, shuningdek, Qo‘shma Shtatlarda vaqtincha bo‘lgan chet elliklarning farzandlariga taʼsir qiladi.

Bundan tashqari, AQSH Ichki xavfsizlik departamenti huquq-tartibot idoralarining noqonuniy muhojirlarni immigratsiya sudining qarorini talab qilmaydigan “tezlashtirilgan tartib” asosida deportatsiya qilish vakolatini kengaytirdi. Tramp, shuningdek, cherkovlar va maktablarga bir qator immigratsiya reydlarini o‘tkazishni buyurdi, garchi bu joylar ilgari “himoyalangan” bo‘lsa ham.

 

“Jinoyatchilar hibsga olinmaslik uchun endi Amerika maktablari va cherkovlarida yashirina olmaydi. Trump maʼmuriyati jasur huquq-tartibot idoralarining qo‘llarini bog‘lamaydi, aksincha, ularga sog‘lom fikrni ishlatishga ishonadi” AQSH Ichki xavfsizlik departamentining xodimi.

 

Tramp AQSH hududini kengaytirish operatsiyasini qanday boshladi?

 

Amerika rahbari Amerika Qo‘shma Shtatlari tez orada ancha yirik davlatga aylanishi mumkinligini taʼkidladi. Tramp Daniya bosh vaziri Mette Frederiksenga qo‘ng‘iroq qilib, Grenlandiyadan voz kechishni talab qilgan. Manbalarga ko‘ra, Trampning Frederiksen bilan suhbati “juda yomon” o‘tgan, chunki AQSH prezidenti tajovuzkor bo‘lgan va Daniyaning hamkorlik bo‘yicha takliflaridan hech birini qabul qilmagan. Biroq, Oq uy rahbarining o‘zi AQSHning Grenlandiyani qo‘lga kiritish imkoniyatini yuqori deb baholadi.

 

“Menimcha, biz buni olamiz. Grenlandiya xalqi biz bilan birga bo‘lishni xohlashiga ham ishonaman”, degan Donald Tramp.

 

Tramp, shuningdek, Kanadani Amerikaning 51-shtatiga aylantirib, AQSHni shimolga qarab kengaytirish niyatida. Prezident Kanadaliklarga juda jiddiy soliq imtiyozlari va mamlakatga qo‘shilishga rozi bo‘lish evaziga hech qanday savdo taʼriflari bo‘lmasligini vaʼda qildi.

 

Amerika rahbarining aytishicha, Qo‘shma Shtatlar Panama kanali ustidan nazorat o‘rnatadi va Meksika ko‘rfazi Amerika ko‘rfazi deb o‘zgatirdi.

 

Tramp AQSHda gender xilma-xilligini ikkiga kamaytirdi.

 

Tramp Qo‘shma Shtatlarda faqat ayol va erkak jinsini tan olish haqidagi farmonni birinchilardan bo‘lib imzoladi.

 

“Qo‘shma Shtatlarning siyosati ikki jinsni, erkak va ayolni tan olishdir. Insonning jinsi o‘zgarmasdir va asosiy va inkor etib bo‘lmaydigan haqiqatga asoslanadi”, dedi Donald Tramp

 

Amerika rahbari, shuningdek, Qo‘shma Shtatlardagi xilma-xillik, tenglik va inklyuziya (DEI) siyosatini bekor qilib, uni kamsitish deb atadi. U DEI uchun masʼul bo‘lgan barcha xodimlarni pullik taʼtilga qo‘yishni va oxir-oqibat ishdan bo‘shatishni buyurdi.

 

Tramp milliarder Ilon Mask rahbarlik qiladigan hukumat samaradorligi departamentini yaratish haqidagi farmonni imzoladi. Tadbirkor tayinlangan vazifani bajaradigan taxminan 20 kishidan iborat tuzilmani oladi.

 

AQSH prezidenti TikTok ilovasini AQSHda bloklashni 75 kunga kechiktirdi. Ushbu chora Tramp maʼmuriyatiga ilovani bloklamasdan AQSH milliy xavfsizligini himoya qila oladigan ushbu masala bo‘yicha tegishli harakat yo‘nalishini aniqlash imkonini beradi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика