1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tramp Rossiyaga qarshi choralarni muhokama qilmoqda, Ukrainaga esa qurol yetkazishni maʼqulladi

"Putin bizga doimiy ravishda bosim o‘tkazishga urinmoqda. Biz unga kichik bir sovg‘a tayyorlayapmiz", - dedi AQSH prezidenti

Tramp Rossiyaga qarshi choralarni muhokama qilmoqda, Ukrainaga esa qurol yetkazishni maʼqulladi

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaning so‘nggi harakatlari fonida yangi sanksiyalar joriy etish masalasini jiddiy ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi. Bu haqda u jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida aytib o‘tdi.

 

“Putin bizga doimiy ravishda bosim o‘tkazishga urinmoqda. Uning bayonotlari chiroyli eshitiladi, ammo amaliy jihatdan foydasiz”, — dedi Tramp. U, shuningdek, Putin harakatlaridan norozi ekanini bildirdi, ammo bunga qanday javob qaytarilishi borasida tafsilot bermadi: “Bu borada sizga hech narsa aytmayman. Biz kichik bir sovg'a qilishni istamaymiz”.

 

Tramp, shuningdek, Ukraina mojarosini hal qilish kutilganidan murakkabroq bo‘lib chiqqanini ta’kidladi: “Bu urush 3–4 kun ichida yakunlanishi mumkin edi. Ammo ukrainaliklar juda kuchli qurollarga ega. Biz ularga eng zamonaviy qurollarni yetkazib berdik”.

 

AQSh prezidenti Ukraina uchun mudofaa qurollarini yetkazib berishni shaxsan qo‘llab-quvvatlaganini ham qayd etdi. “Putin odamlarning hayotiga nisbatan befarq. Juda ko‘p insonlarni o‘ldiryapti. Shuning uchun biz Ukraina uchun ayrim mudofaa qurollarini yuboryapmiz, men bunga ruxsat berdim”, — dedi Tramp.

 

Shu bilan birga, Ukraina uchun qurol yetkazib berish bo‘yicha so‘nggi haftadagi uzilishlar haqida savolga Tramp javob bermadi: “Bilmadim. Nega bu haqida mendan so‘rayapsiz? Menimcha, bu savol Pentagon vakillariga tegishli”.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика