1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tramp: Ukraina Yevropa Ittifoqi ko‘magida butun hududini qaytarib olishi mumkin

AQSH rahbari NATO Ukrainani qurol bilan qo‘llab-quvvatlashda davom etishini bildirdi.

Tramp: Ukraina Yevropa Ittifoqi ko‘magida butun hududini qaytarib olishi mumkin

Donald Tramp Ukraina o‘zining tarixiy chegaralari doirasida hududiy yaxlitligini tiklash salohiyatiga ega ekanini taʼkidladi.

 

Davlat rahbarining qayd etishicha, Rossiyaning uch yarim yildan beri davom etayotgan harbiy harakatlari maʼnosiz urushga aylangan va mamlakat iqtisodiyoti jiddiy qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

 

“Ukraina yevropa Ittifoqi ko‘magi bilan o‘zining butun hududini qaytarib olish imkoniyatiga ega. Rossiya aholisi va iqtisodiyotidagi mavjud muammolar, energiya taqchilligi hamda urushning oqibatlari buni yana-da yaqqol ko‘rsatmoqda. Ukraina o‘zining mustahkam irodasi va xalqaro hamkorlarning qo‘llab-quvvatlashi bilan mamlakatini tiklashga qodir”, — deya taʼkidladi Donald Tramp.

 

Shu bilan birga, AQSH Prezidenti Vladimir Putin katta iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelayotgani va aynan hozir Ukraina uchun faol harakat qilish davri ekanini qayd etdi.

 

Tramp, shuningdek, NATOni zarur qurol-yarog‘ bilan taʼminlash davom ettirilishini bildirgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика