1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Trampga tinchlik mukofotini berib bo‘lmaydi — Nobel qo‘mitasi

Qo‘mita Nobel mukofoti topshirilgach, uni qaytarish, bo‘lish yoki boshqa shaxsga berish mumkin emasligini ta'kidladi.

Trampga tinchlik mukofotini berib bo‘lmaydi — Nobel qo‘mitasi

 

 

Nobel qo‘mitasi Venesuela muxolifati yetakchisi Mariya Korina Machado o‘ziga berilgan Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini AQSH prezidenti Donald Trampga topshirish niyati haqida bayonotlar ortidan rasmiy ogohlantirish bilan chiqdi. Qo‘mita mukofot faqat laureatning o‘ziga tegishli bo‘lib qolishini va hech qanday holatda boshqa shaxsga o‘tkazilmasligini ta’kidladi. Bu haqda People nashri xabar bermoqda.

 

Qo‘mita 9-yanvar kuni e’lon qilgan bayonotida Nobel mukofoti berilgach, uning maqomi o‘zgarmasligini bildirdi. “Mukofot na bekor qilinadi, na bo‘linadi va na boshqa birovga topshiriladi. Qaror yakuniy va abadiy hisoblanadi”, deyiladi rasmiy izohda. Shuningdek, Nobel qo‘mitasi bu borada tez-tez kelib tushadigan savollarga aniqlik kiritishga majbur bo‘layotganini ham qayd etdi.

 

Avvalroq Mariya Korina Machado AQSH ommaviy axborot vositalariga bergan intervyularida Nobel mukofotini Donald Trampga “hadya qilish” istagini bildirgan edi. Tramp esa ushbu taklifga aniq javob bermagan bo‘lsa-da, buni “katta sharaf” deb atagan. Nobel qo‘mitasi esa Trampning roziligi yoki rad javobi bu masalada mutlaqo ahamiyatga ega emasligini ta’kidladi.

 

Machado Nobel tinchlik mukofotiga Venesuelada demokratik huquqlar uchun olib borgan kurashi va tinch siyosiy o‘tish jarayoniga qo‘shgan hissasi uchun sazovor bo‘lgan. Shu bilan birga, G‘arb OAVlari uning mukofotni qabul qilishi va Trampga bag‘ishlashi Venesueladagi siyosiy kelajagiga salbiy ta’sir ko‘rsatganini yozmoqda. Nobel qo‘mitasi esa bunday siyosiy bahslardan qat’i nazar, mukofot maqomi o‘zgarmasligini yana bir bor tasdiqladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика