1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Tumanlarda yana blokpostlar o‘rnatilishi haqidagi xabarlarga rasmiy izoh berildi

Hozirda ijtimoiy tarmoqlar va messendjerlarda prezident farmoni bilan respublikaning barcha tumanlarida blok-postlar o‘rnatilishi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Tumanlarda yana blokpostlar o‘rnatilishi haqidagi xabarlarga rasmiy izoh berildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi konsepsiyasiga ko‘ra tumanlarda blok-postlar o‘rnatilishi haqida maʼlumotlar tarqalmoqda. IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovning izoh berishicha, bu yolg‘on xabar.

 

Matbuot xizmati xodimi o‘z so‘zida ijtimoiy tarmoq faollaridan axborotni buzib talqin etmasliklari va rasmiy maʼlumot olish uchun ichki ishlar organlari axborot xizmatlariga murojaat etishlarini so‘raymiz, deydi.



Maʼlumot uchun, «O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirlar kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2022-yil 1-martga qadar tasdiqlangan meʼyorlarga asosan mahalliy byudjet hisobidan kamida bittadan tumanlararo patrul-post bo‘linmalari tashkil etilishi belgilangan.



Avvalroq, vazirliklarning hududiy bo‘linmalari bitta binoga joylashtirilishi hamda Rustam Inoyatov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etilgani haqida xabar bergandik.

 

Maftuna Rejabboyeva tayyorladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика