
Buni ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilarining fikr-mulohazalaridan ham bilish mumkin. Mazkur vaziyatga deputat Rasul Kusherbayev ham beeʼtibor bo‘lmadi. U o‘zining facebookdagi sahifasida “Denovda daraxtlar bilan bog‘liq vaziyat biz o‘ylagandan ko‘ra jiddiyroq bo‘lib chiqdi” sarlavhasi ostida mazkur holatga o‘z munosabatini bildirgan.

Daraxtlar kechilishi yuzasidan Davlat ekologiya qo‘mitasi rasmiy xabar ham berdi. Biroq shu o‘rinda bir haqli savol tug‘iladi: tuman ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi xodimlari Denovda daraxtlar kesilganini nega ijtimoiy tarmoqlarda chiqqanidan so‘ng “bilib qolishdi”? Axir, ular o‘sha hududdagi atrof-muhitni muhofaza qilish uchun masʼul emasmi? Bu savolga kim javob beradi?
Masʼullardan javob kutib qolamiz.


