1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Turkiya qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi mamlakatimizga keladi

O‘zbekiston elchisi Alisher Aʼzamxo‘jayev Turkiya qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Bekir Pakdemirli bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Turkiya qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi mamlakatimizga keladi

 

Uchrashuvda tomonlar mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishi va aholi farovonligini taʼminlashda agrosanoat majmui katta ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.

 

O‘zbekiston elchisi so‘nggi yillarda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sohasida tub islohotlar amalga oshirilayotganini taʼkidladi. Xususan, sohada davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, bozor munosabatlarini keng joriy qilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va eksport qiluvchi subyektlar o‘rtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini mustahkamlash, sohaga investitsiyalar jalb qilish borasidagi  ishlar haqida maʼlumot berdi.

 

Bekir Pakdemirli O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha  amalga oshirilayotgan izchil islohotlarni kuzatib borayotganini bildirdi. Uning  so‘zlariga ko‘ra, Turkiya qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor.

 

Turkiya qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri bog‘dorchilik, o‘rmon va issiqxona xo‘jaliklari sohasi mutaxassislari uchun Turkiyada qisqa muddatli,  shu  jumladan, masofaviy treninglar tashkil etishga ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi.

 

Uchrashuv natijasida vazir Bekir Pakdemirli boshchiligidagi Turkiya qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasining joriy yil noyabr-dekabr oylarida O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Mavlud Chovusho‘g‘li Farg‘onaga kelgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика