Tyumen viloyatining Aromashevo – Vagay trassasida sodir bo‘lgan YTHda besh nafar O‘zbekiston fuqarosi, jumladan, ikki bola jabrlangan.
Ma’lum qilinishicha, o‘zbekistonliklar bo‘lgan mashina Rossiya chegarasi tomon ketayotgan bo‘lgan.
“Bugun Kia avtomobili Aromashevo – Vagay yo‘lining 18-kilometrida ariqqa sirg‘alib ketib, ag‘darilib ketgan. Uch va besh yoshli ikki bola, 30 va 32 yoshli yo‘lovchilar hamda haydovchi jabrlangan. Avtohalokatda jabrlanganlarning barchasi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib, ular Surgutdan Rossiya chegarasi tomon ketayotgan bo‘lgan”, — deyiladi xabarda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 28 yoshli haydovchi harakat vaqtida tezlikni oshirgan. Qo‘shimcha sabablarga esa oydinlik kiritilmoqda.


