1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Vashington Pekinni Tayvanga bosimni to‘xtatishga chaqirdi

AQSH Xitoyning Tayvan yaqinidagi mashqlarini kuzatayotganini aytdi.

Vashington Pekinni Tayvanga bosimni to‘xtatishga chaqirdi

 

Xitoy armiyasi orol qirg‘oqlarida navbatdagi harbiy mashg‘ulotlarni boshlaganidan so‘ng Qo‘shma Shtatlar Pekinni Tayvanga bosimni to‘xtatishga chaqirdi.

 

Xususan, AQSH Davlat departamenti vakili Oq uy Xitoyni Tayvan bilan mazmunli muloqot boshlashga chaqirishini aytdi.

 

“Biz Pekinni Tayvanga harbiy, diplomatik va iqtisodiy bosimni to‘xtatishga hamda mazmunli muloqot boshlashga chaqiramiz”, deyiladi xabarda.

 

Bundan tashqari, u Qo‘shma Shtatlar Xitoy harbiylarining Tayvan qirg‘oqlari yaqinidagi mashg‘ulotlarini diqqat bilan kuzatishda davom etishini aytdi.

 

Eslatib o‘tamiz, iyul oyi oxirida Qo‘shma Shtatlar Tayvanga 440 million dollarga qurol sotishni maʼqullagan edi. Unda 30 mm kalibrli o‘q-dorilar, jihozlar uchun ehtiyot qismlar, qurollar va zarur dasturiy taʼminotlar mavjud edi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика