1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Vaziyat yana-da yomonlashadi” — Alisher Qodirov o‘zbekistonliklarni zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi

Deputat Rossiyadagi reydda O‘zbekiston fuqarosining urib o’ldirilgani haqidagi xabarlar ortidan keskin bayonot bilan chiqdi.

“Vaziyat yana-da yomonlashadi” — Alisher Qodirov o‘zbekistonliklarni zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi

 


Deputat va “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov Rossiyada o‘tkazilgan antimigrant reydlar ortidan O‘zbekiston fuqarosining halok bo‘lgani haqidagi xabarlar sabab keskin bayonot bilan chiqdi. U Rossiyadagi mehnat migrantlari uchun sharoit tobora yomonlashib borayotganini ta’kidladi.


Qodirovning aytishicha, Rossiya kuch ishlatuvchi tuzilmalari Markaziy Osiyodan kelgan migrantlarni endi iqtisodiy resurs sifatida emas, balki xavf va tahdid sifatida qabul qilmoqda. Shu sababli u o‘zbekistonliklarni mavjud xatarlarni hushyor baholashga va hayotini xavf ostiga qo‘ymaslikka chaqirdi.


“Imkon qadar tezroq Rossiyani tark eting. Hech qanday daromad ota-onangiz va farzandlaringizning ko‘z yoshlariga arzimaydi. Ishoning, vaziyat oy sayin faqat yomonlashadi”, — dedi Alisher Qodirov. Uning fikricha, yaqin kelajakda Rossiyada migrantlarga nisbatan bosim yanada kuchayishi mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada o‘zbekistonlik migrant OMON xodimlari tomonidan kaltaklangani xabar qilingan edi. Hodisa oqibatida ikki nafar fuqaro bosh qismidan og‘ir tan jarohati olgan. Jabrlanganlardan biri bir necha kundan so‘ng vafot etgan, yana biri og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgandi. Ushbu voqealardan so‘ng O‘zbekiston TIV Rossiya tomoniga rasmiy nota yuborgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика