Xitoyda sayyoh kiyimida 20 ta ekzotik hayvonni olib o‘tmoqchi bo‘lganida ushlandi. Hodisa janubiy Guandun provinsiyasidagi Shenchjen shahrida sodir bo‘lgan.
U Xitoy va Gonkong chegarasidagi Futyan portida bojxona xodimlari tomonidan hibsga olingan. Ayolning tor kiyimi, g‘alati yurishi bojxonachilarda shubha uyg‘otdi. Tekshiruv shuni ko'rsatdiki, u ilonlarni cho'ntagiga va tanasiga — beli va bo'yniga yashirgan.
Xitoyda har qanday ekzotik hayvonlarning kontrabandasi taqiqlangan.
Qoidabuzarni jarima va qamoq jazosi kutmoqda, deb yozadi Huanqiu Shibao gazetasi.


