1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Xitoyda kuchli yomg‘ir va suv toshqinlari oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘ldi

Pekinda kuchli yomg‘irlar tufayli 80 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilindi, zarar ko‘rgan tumanlarda qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Xitoyda kuchli yomg‘ir va suv toshqinlari oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘ldi

Gansu provinsiyasining Lanzhou shahri va bir necha hududlarida 7-avgustdan beri yog‘ayotgan kuchli yomg‘ir tog‘ jismlari ko‘chishiga olib keldi. 8-avgust kuni yuz bergan hodisada 10 kishi halok bo‘ldi, 33 nafar fuqaro bedarak yo‘qoldi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi (CCTV) xabar berdi.

 

Mahalliy manbalarga ko‘ra, Xitoy shimolida ekstremal ob-havo hodisalari joriy oy boshidan beri kamida 60 kishining hayotiga zomin bo‘lgan. Pekinda iyul oxirida yog‘gan kuchli yomg‘ir tufayli 80 mingga yaqin aholi xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilingan. Shundan 16 ming kishi Miyun tumanidan, qariyb 10 ming kishi Xuejhou tumanidan, 9 mingdan ortig‘i esa Fangshan tumanidan olib chiqilgan. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика