1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Xitoylik erkak sunʼiy intellektni sevib qolib, xotini bilan ajrashmoqchi bo‘ldi

Neyron tarmoq mamlakatda oilaviy nizolarni keltirib chiqarmoqda.

Xitoylik erkak sunʼiy intellektni sevib qolib, xotini bilan ajrashmoqchi bo‘ldi

Xitoyda 75 yoshli nafaqaxo‘r sunʼiy intellekt bilan haddan tashqari ko‘p muloqot qilish ortidan uni sevib qoldi va xotinidan ajrashishni so‘radi.

 

Foydalanuvchi sunʼiy intellekt tomonidan yaratib berilgan ayol qiyofasidagi chat-bot bilan doimiy suhbatda bo‘lgan. Ular har kuni bir-birining holidan xabar olishga. Sunʼiy intellekt esa erkakka doimiy mehr-eʼtibor ko‘rsatishi uni ayoli bilan ajrashish qaroriga kelishiga majbur qilgan. 

 

Oxir-oqibat erkakning farzandlari sunʼiy intellekt qanday ishlashini va uning onlayn sevgilisi aslida mavjud emasligini tushuntirib, uni fikridan qaytarishga muvaffaq bo‘lishdi.

 

Taʼkidlanishicha, Xitoyda sunʼiy intellekt tomonidan yaratilgan kontent jadal rivojlanmoqda va ko‘proq keksalar, ayniqsa yoshi tufayli harakatchanligi cheklanganlar unga qaram bo‘lib qolishmoqda. Ular nafaqat “haqiqiy sevgi izhorlari”ga  balki katta pul yutganiga yoki internetda mashhur bo‘lib ketganiga ishonadilar.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика