1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Xorvatiyaga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar qo‘lga olindi

Buxoro va Namanganda yuqori maoshli ish va xavfsiz viza va’dasi bilan yuzlab dollarlarni qo‘lga kiritishga uringan shaxslar fosh qilindi.

Xorvatiyaga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar qo‘lga olindi

Buxoro shahrida yashovchi, 1997-yilda tug‘ilgan, ilgari firibgarlik jinoyatini sodir etgan shaxs Toshkent shahri, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida istiqomat qiluvchi uch nafar fuqaroning ishonchiga kirgan. U o‘zini go‘yoki sayyohlik firma vakili sifatida tanishtirib, Xorvatiya davlatida tanishlari borligini aytgan va ishchi viza asosida ushbu mamlakatga yuborish evaziga 6000 AQSh dollari talab qilgan. DXX Toshkent shahar boshqarmasi va IIBB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u so‘ralgan pulning 3000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Zamon.uz ga DXX xabar qilgan.

 

Shunga o‘xshash holat Namangan viloyatida ham qayd etildi. Namangan shahrida yashovchi, 1999-yilda tug‘ilgan shaxs uch nafar hamshaharining ishonchiga kirib, Xorvatiyada ishlayotgan akasining yordami bilan ularni chet elga ishga yuborishini aytgan. U har biridan 2600 AQSh dollari, jami 7800 AQSh dollari talab qilgan.

 

Yangi Namangan tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs so‘ralgan pulning yarmi — 3900 AQSh dollarini olgan vaqtida DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

 

Hozirda ikkala gumondorga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 2-qismi “a” bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика