"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola UEFA Superkubogida rekord o‘rnatdi. Manbaga ko‘ra, Gvardiola bu sovrinni uch xil jamoa bilan qo‘lga kiritgan. Ilgari hech kim buni qila olmagan. Avvalroq Gvardiola “Bavariya” va “Barselona” bilan UEFA Superkubogi sohibi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, UEFA Superkubogi uchun o‘yinda «Manchester Siti» “Sevilya”ni penaltilar seriyasida mag‘lub etdi.
Oldinroq "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola qo‘lga kiritgan sovrinlar soni bo‘yicha Kiyevning “Dinamo” klubi ustozi Mircha Lucheskuni ortda qoldirib, ikkinchi o‘ringa chiqib olgani haqida xabar berilgandi.


