Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova Massachusetts texnologiya instituti MIT J-WEL bilan hamkorlik aloqalarini yana-da kengaytirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.
Muloqot yakunida ikki tomonlama kelishuv imzolandi. Unga ko‘ra “Yangi O‘zbekiston” universiteti MIT J-WEL ning Markaziy Osiyodagi eng yaqin strategik hamkori sifatida eʼtirof etildi.
Endilikda universitet talabalari dunyoning eng nufuzli oliygohida amaliyot o‘tash va malaka oshirish imkoniga ega bo‘ladi.
Bunda talabalar MIT professor-o‘qituvchilari tomonidan tashkil etiladigan darslarda ishtirok etishlari, ilmiy tadqiqotlar olib borishlari, o‘z loyihalarini yana-da rivojlantirishlari va MIT laboratoriyalarida eksperimentlar o‘tkazishlari mumkin bo‘ladi.
Loyihaning yana bir afzalligi shundaki, talabalar MIT da tahsil oladigan tengdoshlari bilan yaqin aloqalar o‘rnatib, doimiy tajriba almashib borishadi.
Umuman, hamkorlik munosabatlari taʼlim sifati hamda professor-o‘qituvchilar salohiyatini yana-da oshirish, talabalar uchun keng imkoniyatlar yaratish va “Yangi O‘zbekiston” universitetining xalqaro maydondagi obro‘yini mustahkamlashga xizmat qiladi.


