1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Yangi yilning ilk kunidan qonunchilikda nimalar o‘zgardi?

Tadbirkorlik subyektlaridan baʼzi hujjatlar talab qilinishi bekor qilindi.

Yangi yilning ilk kunidan qonunchilikda nimalar o‘zgardi?

 

1 yanvardan boshlab davlat organlari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik subyektlaridan quyidagi maʼlumotlarni va hujjatlarni talab qilish bekor qilindi:

 

• tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma maʼlumotlarini;

•litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar qabul qilinganligi to‘g‘risida tasdiqnoma mavjudligi bo‘yicha maʼlumotlarni;

•davlat boji, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar to‘langanligi to‘g‘risida maʼlumotlarni;

• qimmatli qog‘ozlar, qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan operatsiyalar, dividendlar olinganligi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni;

• kam taʼminlangan oila yoki oila aʼzosi sifatida ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida maʼlumotlarni;

• jismoniy shaxslar tomonidan to‘langan va olingan alimentlar to‘g‘risida maʼlumotlarni;

• oliy maʼlumot to‘g‘risidagi diplom maʼlumotlarini;

• jismoniy shaxs o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasini tugatganligi haqida maʼlumotlarni;

• jismoniy shaxs umumiy o‘rta taʼlim (11-sinf negizida) muassasasini tugatganligi haqida maʼlumotlarni;

• fuqaro “Yoshlar daftari” yoki “Ayollar daftari”da mavjudligi to‘g‘risida maʼlumotlarni;

• o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar to‘g‘risida maʼlumotlarni;

• oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlarning imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat to‘g‘risida maʼlumotlarni;

• moliyaviy hisobotlar nusxalarini;

• jismoniy shaxslarning oxirgi 12 oydagi ish haqini tasdiqlovchi maʼlumotnomalarni;

• ijtimoiy nafaqa va pensiyalar to‘langanligi to‘g‘risidagi maʼlumotnomalarni.

 

Bunda, davlat organlari va tashkilotlari jismoniy shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, ishga qabul qilish jarayonida va boshqa maʼmuriy tartib-taomillarni amalga oshirishda yuqoridagi hujjat va maʼlumotlarni belgilangan masʼul davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab oladi.

 

Avvalroq Samarqand va Namangan shaharlarining chegaralari o‘zgartirilishi haqida xabar berilgandi. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика