1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Yangihayotlik shaxs “Iphone 12 PRO”ni qalbaki pulga sotib oldi

16 dona 50 AQSH dollari qalbaki bo‘lgan.

Yangihayotlik shaxs “Iphone 12 PRO”ni qalbaki pulga sotib oldi

 

Qalbakiligini bilmagan holda qalbaki valyuta qimmatliklarini olib, uni keyinchalik o‘tkazgan shaxsning qilmishi ham jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Xususan, Yangihayot tumanida uyali aloqa vositasini xarid qilish uchun qalbaki AQSH dollaridan foydalanish holati qayd etildi.

 

Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, departamentning Yangihayot tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

 

Unda fuqaro J.U. internet tarmog‘i orqali tanishgan nomaʼlum shaxsga o‘zining “Iphone 12 PRO” rusumli uyali aloqa vositasini 900 AQSH dollariga sotib, evaziga ushbu shaxsdan olgan 16 dona 50 AQSH dollari qalbaki ekanligi aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

"O‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to‘lov vositasi hisoblangan milliy valyuta “so‘m”dan yoxud chet el valyutasida ochilgan hisobvaraqlardan foydalanish orqali o‘zingizni noqonuniy harakatlardan asragan bo‘lasiz", — deyiladi xabarda.

 

Eslatib o‘tamiz, qalbaki valyutalarni olib kirishga bo‘lgan urinishlarning oldi olingandi.

 

Avvalroq Toshkentda soxta dollarga telefon sotib olgan firibgar ushlangani, DXX tomonidan qalbaki pul ishlab chiqarayotgan shaxslar aniqlangani hamda qonunni buzgan valyutafurushning “bozori” o‘xshamagani haqida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика