1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Yaponiya va AQSH Xitoyga texnologiyalar eksportini cheklamoqchi

Bundan ko‘zlangan maqsad maʼlum qilindi.

Yaponiya va AQSH Xitoyga texnologiyalar eksportini cheklamoqchi

 

Yaponiya va AQSH Xitoyga eksportni qatʼiy tartibga soladigan tizim ishlab chiqishga kelishib oldi. Bu haqda Yaponiyaning eng yirik gazetasi Yomiuri xabar berdi.

 

Ushbu tizim eng avvalo sunʼiy intellekt yaratish uchun zarur bo‘lgan yuqori texnologiyalarga nisbatan joriy etiladi. Bundan tashqari, shu masalada Yevropa davlatlari bilan yaqin hamkorlik o‘rnatish rejalashtirilgan. Hozirda aniq tovar va texnologiyalar ro‘yxati shakllantirilmoqda. Ular yarim o‘tkazgichlar ishlab chiqarishda zarur bo‘lgan uskunalar, kvant kriptografiyasi texnologiyalari va sunʼiy intellektdan iborat bo‘lishi mumkin.

 

Taʼkidlanishicha, ushbu rejadan ko‘zlangan asosiy maqsad — Xitoyning tinchlik maqsadida foydalaniladigan yuqori texnologiyalardan harbiy maqsadlarda foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslik.

 

Avvalroq Yaponiya va Avstraliya o‘rtasida yangi harbiy kelishuv imzolanishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика