NATO kengayishi global xavfsizlikni mustahkamlamaydi. Xitoyning Yevropa Ittifoqidagi vakolatxonasi shu mazmundagi bayonotni eʼlon qildi.
"Sovuq urush" tugaganiga o‘ttiz yo‘l bo‘lganiga qaramay, NATO o‘z geografiyasi va operatsiyalari ko‘lamini kengaytirishda, bloklarga bo‘linish va qarama-qarshilik siyosatini davom ettirmoqda. Bu global xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlamaydi”, – deyiladi bayonotda.
Shuningdek, unda mintaqaviy xavfsizlik harbiy bloklar kengayishi hisobiga taʼminlanishi noto‘g‘ri ekani taʼkidlangan.
Xitoy tomoni NATOni sovuq urush mentalitetidan va mafkuraviy tamoyillardan voz kechishga chaqirgan. Shuningdek, boshqa davlatlar suvereniteti, xavfsizligi, manfaatlarini hurmat qilish zarurligi qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Yevropadagi qo‘shinlari sonini qisqartirmasligini maʼlum qilgandi.
Jahongir Qo‘ziyev


