Yaponiyada kuzatilayotgan g‘ayritabiiy jazirama to‘lqinlari oqibatida so‘nggi bir hafta ichida 9500 nafardan ortiq fuqaro issiqlik urushi (gipertermiya) bilan shifoxonalarga yotqizildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu davrda 18 kishi halok bo‘lgan.
Mahalliy ommaviy axborot vositalarining favqulodda xizmatlarga tayanib xabar berishicha, issiqlikdan aziyat chekkanlarning 58 foizini 65 yoshdan oshgan fuqarolar tashkil etadi.
Iyun oyidan buyon mamlakatda harorat me’yordan ancha yuqori bo‘lib, ba’zi hududlarda rekord darajadagi ko‘rsatkichlar qayd etilgan. Jumladan, Gunma prefekturasining Isesaki shahrida havo harorati 41,8°C ga yetib, o‘tgan haftadagi 41,2°C rekordini ortda qoldirgan.
Mamlakat rasmiylari fuqarolarga imkon qadar ko‘chaga chiqmaslik, salqin joylarda bo‘lish va ko‘proq suyuqlik iste’mol qilishni tavsiya qilmoqda.


