Marokash va "Sevilya" terma jamoasi darvozaboni Yassin Bono “Al-Hilol” futbolchisiga aylanadi. Bu haqda taniqli insayder Nikolo Shira maʼlum qildi.
Shiraning xabariga ko‘ra, Bono transferi bo‘yicha kelishuv va muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlangan. Futbolchi 20 million yevro evaziga yangi klubiga o‘tadi. Darvozabon va jamoa o‘rtasidagi shartnoma 2028-yilgacha imzolanadi. Bono esa “Al-Hilol”da yiliga 10 million yevro oladi.


