1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Zangiotada 3,5 tonnaga yaqin eshak va qoramol suyaklari topildi

Ular Qashqadaryo viloyatidan olib kelinayotganda to‘xtatib qolingan.

Zangiotada 3,5 tonnaga yaqin eshak va qoramol suyaklari topildi

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 3,5 tonnaga yaqin eshak va qoramol suyaklari saqlanayotgan yuk mashinasi aniqlandi.

 

Holat fuqarolarning murojaatlari asosida Toshkent viloyati karantin tadbirlarini taʼminlash guruhi, hududiy veterinariya xodimlari hamda profilaktika inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan reyd chog‘ida fosh etilgan. Tekshiruv vaqtida yuk mashinasida qoplarga solingan katta miqdordagi suyaklar borligi aniqlangan.

 

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, suyaklar Qashqadaryo viloyatining Koson tumanidagi chiqindixonalardan yig‘ib keltirilgan. Ularni tashigan haydovchi suyaklarni pul evaziga olib kelganini tan olgan.

 

Biroq u hech qanday veterinariya hujjatini taqdim eta olmagan. Shu sababli suyaklar qayta ishlash sexiga topshirilib, sanitariya qoidalariga muvofiq yo‘q qilingan.

 

Hozirda holat yuzasidan Toshkent viloyati karantin tadbirlarini taʼminlash guruhi xodimlari tomonidan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика