1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qashqadaryoda direktor o‘qituvchiga jinsiy aloqa taklif qildi

Holat yuzasidan MMTB rasmiy munosabat bildirdi.

Qashqadaryoda direktor o‘qituvchiga jinsiy aloqa taklif qildi

Ijtimoiy tarmoqda Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanidagi 17-sonli maktabda direktor o‘qituvchiga jinsiy aloqa taklif qilgani eshitilgan audio tarqalgandi. Holatga viloyat Maktabgacha va maktab boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, mazkur holat Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tomonidan o‘rnatilgan tartib asosida o‘rganib chiqilgan. Boshqarma boshlig‘ining 16-oktabrdagi buyrug‘i bilan maktab direktori vazifasidan ozod etilgan.

 

“Viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi pedagog maqomiga dog‘ tushiruvchi har qanday salbiy holatni qoralaydi va keskin choralar ko‘rilishini maʼlum qiladi”, deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика