Ko‘chalarni tozalovchi robot sinovdan o‘tkazildi
Xelsinkida shahar ko‘chalarini tozalovchi robot sinovdan o‘tkazildi.

Xelsinkida shahar ko‘chalarini tozalovchi robot sinovdan o‘tkazildi.

Ishlanma muallifi — “Trombia Technologies” kompaniyasi.
Moʻjaz avtomobil yoki gazon o‘rish uskunasi ko‘rinishidagi “Trombia Free” robotining uzunligi uch yarim metr, eni cho‘tkalari bilan qo‘shilganda uch metrga yetadi.
Ishga tushishdan oldin robot atrofni ko‘rishi va to‘siqlarni ilg‘ashi uchun kamerasini ishga tushiradi va kunning istalgan paytida ishlaydi.
Tozalash davomida uning tezligi soatiga 6 kilometrgacha yetib, zaryadi quvvatiga ko‘ra 8 soatdan 17 soatgacha ishlay oladi. Kuchaytirilgan tartibda uning ish vaqti ikki baravarga kamayadi.







