O'zbekiston

O‘zbekistonda oktyabr oyida ob-havo qanday bo‘ladi? “O‘zgidromet” ma’lumot berdi

O‘zgidromet oktyabr oyida havo harorati o‘zgarib turishi, ayrim hududlarda yog‘ingarchilik me’yordan ko‘p bo‘lishini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda oktyabr oyida ob-havo qanday bo‘ladi? “O‘zgidromet” ma’lumot berdi

O‘zbekistonda oktyabr oyida havo harorati o‘zgaruvchan bo‘lishi kutilmoqda. Oyning ayrim kunlarida iliq ob-havo kuzatilsa, vaqti-vaqti bilan sovuq va nam havo oqimlari kirib kelishi mumkin. Bu haqda "O‘zgidromet" ma’lumot berdi.

 

Odatdoktyabrdada o‘rtacha oylik havo harorati sentyabrga nisbatan 6–7 darajaga, respublikaning shimoliy hududlarida esa 8–9 darajaga past bo‘ladi. Kechalari havo harorati 12–17 daraja iliqdan 2–7 daraja iliqqacha, kunduz kunlari esa 23–28 daraja iliqdan 10–15 daraja iliqqacha o‘zgaradi. Oktyabr oyining ikkinchi yarmida, shimoliy hududlarda esa ertaroq dastlabki kuzgi sovuqlar kuzatilishi mumkin.

 

“O‘zgidromet” prognoziga ko‘ra, oktabr oyi beqaror ob-havo bilan boshlanadi. 1-oktabr kuni markaziy va sharqiy viloyatlarda nam va nisbatan salqin havo oqimining ta’siri davom etadi. Ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda esa yog‘ingarchilik kuchliroq bo‘lishi mumkin. Baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor.

 

2–4-oktyabr kunlari respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi va havo harorati ko‘tarila boshlaydi.4-oktyabrdan shimoli-g‘arbiy hududlarga yangi sovuq va nam havo oqimi kirib kelishi, 5–7-oktyabr kunlari esa uning respublikaning boshqa hududlariga tarqalishi kutilmoqda.

 

Oyning qolgan qismida ham havo haroratining o‘zgarib turishi prognoz qilinmoqda. Iliq kunlarda kechasi havo 10–13 daraja, kunduzi 25–28 darajagacha isishi mumkin. Sovuq havo oqimlari kirib kelganda esa kechasi 3–8 daraja, kunduzi 15–20 darajagacha pasayadi. Shimoliy hududlarda bunday davrlarda kechasi 0–2 daraja sovuq, kunduzi 10–15 daraja iliq bo‘lishi mumkin.

 

“O‘zgidromet” oktyabr oyining o‘rtacha harorat foni iqlimiy me’yor atrofida, ayrim hududlarda esa undan yuqori bo‘lishini kutmoqda. Yog‘ingarchilik hududlar bo‘yicha notekis taqsimlanishi mumkin. Shimolda yog‘ingarchilik miqdori me’yordan kam, markaziy va janubi-sharqiy hududlarda esa me’yor atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida, shuningdek, Farg‘ona vodiysining ayrim tumanlarida yog‘ingarchilik miqdori iqlimiy me’yordan ko‘p bo‘lishi ehtimoli bor.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.