Jahon

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya qo‘shinlari 24-oktyabrga o‘tar kechasi Ukrainaga 126 ta havo hujumi vositasi bilan hujum qildi. Ukraina harbiylari 101 ta dronni urib tushirgan yoki elektron vositalar yordamida zararsizlantirgan. Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlangan.

 

Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy-havo kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, hujumlarda «Geran» va Shahed rusumidagi zarba beruvchi dronlar, jumladan, reaktiv apparatlar, «Banderol» rusumidagi aylanib uchuvchi o‘q-dorilar hamda «Parodiya» rusumidagi taqlidchi dronlar qo‘llangan.

 

Uchuvchisiz apparatlar Rossiyaning Shatalovo, Oryol, Kursk, Bryansk va Primorsko-Axtarsk hududlaridan, shuningdek, Rossiya nazoratidagi Donetsk va anneksiya qilingan Qrimdagi Gvardeyskoye hududidan uchirilgan.

 

Ukraina harbiy-havo kuchlari ma’lumotida dushman hujumi vositalarining 14 ta nuqtaga kelib urilgani, urib tushirilgan apparatlar qoldiqlari esa beshta nuqtaga tushgani qayd etilgan. Hujumlar hisobot e’lon qilinganidan keyin ham davom etgan.

 

Kiyev shahar harbiy ma’muriyati xabariga ko‘ra, poytaxtning Obolon tumanida dron hujumi oqibatida xususiy uy shikastlangan, ikki kishi jarohatlangan. Shuningdek, Rossiyaning navbatdagi hujumlaridan keyin shaharning Goloseyev va Solomenka tumanlaridagi ayrim hududlarda favqulodda elektr uzilishlari joriy etilgan.

 

Xarkov viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubovning bildirishicha, 24-oktyabr kuni ertalab dron Xarkovning Industrial tumaniga zarba bergan. Oqibatda 64 yoshli ayol jarohatlangan. Hujumning boshqa oqibatlari aniqlashtirilmoqda.

 

Donetsk viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Vadim Filashkinning ma’lum qilishicha, o‘tgan sutka davomida Rossiya armiyasining zarbalari oqibatida Slavyansk va Kramatorsk shaharlarida ikki nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan, yana 18 kishi jarohatlangan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Shunga o‘xshash xavfsizlik choralari Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlarda ham ko‘rilmoqda.

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

2026-yil yanvaridan oktabrigacha davlat tili imtihonini birinchi marta topshirganlarning 17,9 foizi muvaffaqiyatli natija ko‘rsatgan.

Brent nefti narxi 115 dollardan oshdi: narxlar may oyidan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Brent nefti narxi 115 dollardan oshdi: narxlar may oyidan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Narxlarning ko‘tarilishiga AQSh va Isroilning Eronga qarshi harbiy zarbalarni qayta boshlashi mumkinligi haqidagi xabarlar ham ta’sir ko‘rsatdi.

Iordaniyada cherkovga qurolli hujum: yetti kishi halok bo‘ldi, 34 kishi yaralandi

Iordaniyada cherkovga qurolli hujum: yetti kishi halok bo‘ldi, 34 kishi yaralandi

Dafn marosimi vaqtida cherkovga bostirib kirgan qurollangan shaxslar o‘t ochgan.