O'zbekiston

O‘qituvchilarning mukofot pulidan nega soliq ushlanadi? Vazirlik izoh berdi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

O‘qituvchilarning mukofot pulidan nega soliq ushlanadi? Vazirlik izoh berdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan umumta’lim muassasalari xodimlariga to‘langan mukofot pullaridan daromad solig‘i ushlanganiga oid xabarlar turli muhokamalarga sabab bo‘ldi.

 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot kotibi Dilfuza Sobirova mazkur holat yuzasidan rasmiy izoh berdi.

 

Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qaroriga muvofiq, 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan umumta’lim muassasalari xodimlari Direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 75 foizigacha miqdorda mukofotlanishi mumkin.

 

Vazirlikning tushuntirishicha, Soliq kodeksining tegishli moddalariga ko‘ra, ushbu mukofot rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lov hisoblanadi. Shu sababli u xodimning jami daromadlari tarkibiga kiritiladi va undan daromad solig‘i undiriladi.

 

Vazirlik alohida ta’kidlaganidek, Soliq kodeksida ayrim turdagi pul mukofotlari uchun boshqa tartib belgilangan.

 

Jumladan, O‘zbekiston Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi qarori asosida bir yo‘la beriladigan pul mukofotlari jismoniy shaxsning jami daromadi tarkibiga kiritilmaydi. Shu sababli bunday to‘lovlardan daromad solig‘i ushlanmaydi.

 

Masalan, “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblariga Prezident yoki Hukumat qarori asosida to‘lanadigan bir martalik pul mukofotlari ushbu toifaga kiradi.

custom img

B2 sertifikati yo‘q o‘qituvchilar ishdan olinmaydi: vazirlikdan yangi ko‘rsatma

B2 sertifikati bo‘yicha yakuniy tartib Vazirlar Mahkamasi qaroridan so‘ng belgilanadi.

custom img

Firibgarlikka qarshi yangi tizim: banklarda antifrod 24/7 ishlaydi

Markaziy bank banklar, to‘lov tashkilotlari va to‘lov tizimlari operatorlari uchun shubhali operatsiyalarni aniqlash bo‘yicha yangi talablarni taklif qilmoqda.

custom img

Janni Infantino O‘zbekistonda: FIFA delegatsiyasi ikki kunlik tashrif bilan keldi

FIFA delegatsiyasi O‘zbekistonda qator futbol obyektlari va loyihalari bilan tanishadi.

custom img

Agrar sohada moliyaviy qo‘llab-quvvatlash: ayrim yo‘nalishlarga subsidiyalar beriladi

Paxta yetishtirish, paxta-to‘qimachilik klasterlari, yem-xashak ekinlari va sovitilgan go‘sht importini qo‘llab-quvvatlash uchun subsidiyalar ajratiladi.

custom img

Kommunal xo‘jaligi xodimlari uchun: O‘zbekistonda yangi faxriy unvon ta’sis etildi

Uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shgan va aholiga xizmat ko‘rsatishni yaxshilashda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlar taqdirlanadi.

custom img

Toshkent xalqaro metrologiya maktabiga mezbonlik qilmoqda

BIPM–COOMET UTC SUMMER SCHOOL xalqaro yozgi maktabi o‘z ishini boshladi.

custom img

Global innovatsiya indeksi: O‘zbekiston 139 ta davlat orasida 77-o‘rinni egalladi

Mamlakat o‘tgan yilgi natijasiga nisbatan ikki pog‘ona yuqorilagan.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Mas’ud Pezeshkiyonni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Eron Prezidentlari mintaqaviy kun tartibi hamda bo‘lajak tadbirlar rejasi yuzasidan ham fikr almashdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"