Hi-Tech

Microsoft Windows 11 operatsion tizimini taqdim etdi

Maʼlumot berilishicha, yangi operatsion tizimda Android ilovalar to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlaydi.

Microsoft Windows 11 operatsion tizimini taqdim etdi

 

 

Microsoft o‘zining yangi Windows operatsion tizimi taqdimotini o‘tkazdi.

Windows 11 interfeysi sezilarli o‘zgarishlarga uchragan. “Pusk” menyusi chapdan markazga ko‘chirilgan. Yangi operatsion tizimga yarim shaffoflik qaytgan.

Shu bilan birga, avvaldan o‘rnatilgan ilovalar, masalan, One Drive va Edge brauzeriga ham o‘zgarishlar kiritilgan. 

Yangi Windows tizimida sensorli ekranlar bilan ishlash imkoniyatiga alohida eʼtibor qaratilgan.

Eng katta yangilik esa operatsion tizimda Android ilovalarning to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlashi bo‘lgan. 

Foydalanuvchilar Windows 11 yangilanishlarini yaqin oylarda olishlari aytildi.

Microsoft Windows 11 operatsion tizimini taqdim etdi | Zamon.uz