Olimlar inson maksimal qancha umr ko‘ra olishini aniqladi
Singapur, Rossiya va AQSH tadqiqotchilari nazariy jihatdan insonning eng uzoq umr ko‘rish davri 150 yilni tashkil etadi degan xulosaga keldi.


Tadqiqot natijalari Nature jurnalida chop etilgan, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Organizm holatini baholash uchun olimlar ko‘pincha xronologik yoshga mos kelmaydigan biologik yosh tushunchasidan foydalangan. Biologik yoshni aniqlash uchun maxsus biomarkerlar — qarish prediktorlari ajratiladi.
Tadqiqot mualliflari biologik yoshni qon tahlili yordamida aniqlashning yangi usulini yaratgan va biologik qarishni baholashda DOSI (organizmning dinamik holati indikatori) universal ko‘rsatkichlari jamlanmasidan foydalanishni taklif etgan.
AQSH Ovqatlanish va salomatlik milliy tadqiqot markazi hamda Buyuk Britaniya biobankidagi odamlar qonining bo‘ylama tahliliga oid maʼlumotlarni tahlil qilish DOSI yosh, kasallikning mavjudligi va hayot tarzi kabi o‘zgarishlarga bog‘liqligini ko‘rsatgan.
Bundan tashqari, DOSI yoshga qarab kasallikdan tiklanish vaqtiga proporsional ravishda ko‘payadi, yaʼni u organizmning fiziologik barqarorligi ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi.
Olimlar bundan kelib chiqib hisoblash usuli orqali insonning maksimal umr ko‘rish davomiyligi 120 dan 150 yoshgacha ekanligini aniqlagan, bunda barqarorlik nolga yaqinlashadi.
Tadqiqotchilarning taʼkidlashicha, ular tomonidan ishlab chiqilgan usul birinchi bor har bir insonning umr ko‘rish davomiyligini faqat biologik yoshni aniqlaydigan boshqa usullardan farqli o‘laroq, nazariy jihatdan baholash imkonini beradi.







