Ilm-fan

O‘zbekiston terma jamoasi 43-Bolqon matematika olimpiadasida tarixiy natijani qayd etdi

Jamoa a’zolari 5 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston terma jamoasi 43-Bolqon matematika olimpiadasida tarixiy natijani qayd etdi

Gretsiyada o‘tkazilgan 43-Bolqon matematika olimpiadasi (BMO) yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi tarixiy natijani qayd etdi — jamoa a’zolari 5 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.

 

Oltin medal sohiblari quyidagilar:

 

  • Azizbek Mamajonov — Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Guliston filiali o‘quvchisi
  • Umarbek Ubaydullayev — Sergeli tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi
  • Javohir Anvarov — Termiz shahridagi 14-sonli maktab o‘quvchisi
  • Elshod O‘ralov — Termiz shahridagi 14-sonli maktab o‘quvchisi
  • Elbek Zohidjonov — Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi

 

Qayd etilishicha, mazkur natija O‘zbekiston terma jamoasi uchun Bolqon matematika olimpiadalari tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri bo‘ldi.

 

Ma’lumot uchun, 2025-yilda Bosniya va Gersogovinada o‘tkazilgan 42-Bolqon matematika olimpiadasida O‘zbekiston jamoasi 1 ta oltin va 4 ta kumush medalni qo‘lga kiritgan.

O‘zbekiston va AQSH sun’iy intellekt sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda: Sietlda forum o‘tkazildi

O‘zbekiston va AQSH sun’iy intellekt sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda: Sietlda forum o‘tkazildi

Forum doirasida Sietl va Toshkent o‘rtasida raqamli shahar boshqaruvi bo‘yicha tajriba almashish istiqbollari ham muhokama qilindi.

O‘zbek tili grammatikasi yigirma yil ichida o‘zgarib ketishi mumkinmi?!

O‘zbek tili grammatikasi yigirma yil ichida o‘zgarib ketishi mumkinmi?!

Bugun biz “tez tayyor matnlar”ning jozibador, ammo aldamchi davriga kirdik. Sun’iy intellekt taqdim etayotgan jumlalar dastlab ko‘zga juda bexato ko‘rinadi. Ular ravon, tartibli va estetik jihatdan deyarli nuqsonsiz ko‘rinadi. Biroq, bu “begona” matnlarning eng asosiy va to‘ldirib bo‘lmas kamchiligi bor.

2026-yilda sun’iy intellekt qaysi sohalarga kuchli ta’sir ko‘rsatadi?

2026-yilda sun’iy intellekt qaysi sohalarga kuchli ta’sir ko‘rsatadi?

Mutaxassislar sun’iy intellektga oid 5 ta asosiy prognozini e’lon qildi.

IIV Akademiyasi kursanti MDH davlatlari orasida o‘tkazilgan xalqaro tanlovda g‘alaba qozondi

IIV Akademiyasi kursanti MDH davlatlari orasida o‘tkazilgan xalqaro tanlovda g‘alaba qozondi

Tanlov ikki bosqichda o‘tkazilgan.

Saratonni bir necha daqiqada aniqlovchi test yaratildi

Saratonni bir necha daqiqada aniqlovchi test yaratildi

Bu ixtiro kasallik alomatlari paydo bo‘lishidan oldin aniqlaydi.

WhatsAppda endi Telegramga o‘xshash kanallar bo‘ladi

WhatsAppda endi Telegramga o‘xshash kanallar bo‘ladi

Messenjer tomonidan ishlab chiqilgan katalog orqali kanalni topish va unga obuna bo‘lish mumkin.

Yangi o‘quv yilidan ayrim yo‘nalishlarda sirtqi taʼlimga qabul bo‘lmaydi

Yangi o‘quv yilidan ayrim yo‘nalishlarda sirtqi taʼlimga qabul bo‘lmaydi

Bu haqda Prezidentning tegishli qarori mavjud.

Havodan elektr ishlab chiqaradigan generator yaratildi

Havodan elektr ishlab chiqaradigan generator yaratildi

U bir haftada bir necha yuz millivoltga teng energiya ishlab chiqara oldi.